2017 yilning 8 yanvar kuni saytimizda “Çiroqsiz qolayotgan şahrisabzliklar yoxud ikki qöldan çiqqan qars” deb nomlangan tahliliy maqola e'lon qilindi. Unda Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz tumanidagi elektr ta'minoti bilan boğliq muammo kötarilgan. Şu sabab bu masalaga yanada kengroq yondaşişni maqsad qildik.
Özbekiston aholisini elektr ta'minoti bilan töliq ta'minlaş bugunning asosiy masalalaridan biriga aylandi. Bu haqida maqolalar yozilmoqda, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalar bölib ötmoqda. Har bir muammoning tub mohiyatiga yetib boriş va uni hal etiş uçun, avvalo, unga xolis yondaşmoqlik talab etiladi. Bu nega kerak? Çunki heç kim “Ayb bizdan ötibdi, uzr”, demaydi. Şu sabab borini, öz holiça örganiş, eşitiş, hal etiş zarurdir. Jumladan, elektr ta'minoti muammosini ham.
Tanganing birinçi tomoni
Yuqorida aytib ötganimizdek, Qaşqadaryo viloyati, xususan, Şahrisabzdagi elektr ta'minotining yomonlaşgani haqida maqola çiqargan edik. U keng muhokamalarga sabab böldi. Ammo masala hamon oçiqligiça turibdi. Bu işlar, albatta, tezda hal etilmaydi. Xöş, unda qaçon? Aniq muddat-sanasi bormi? Şu masalaga yanada çuqurroq “şönğiş uçun” Qaşqadaryo hokimiyati bilan boğlandik. Uluğbek Avazov degan mutaxassis mavjud imkoniyatni imkoni boriça tuşuntirib ötişga harakat qildi.
“Qaşqadaryo viloyatining elektr ta'minotidan qarzi 460 milliard sömni taşkil etadi. Viloyatning elektr energiyasi böyiça kunlik sarf-xarajati 3 milliard sömdan iborat. Şundan 1,3 milliardi aholi ehtiyojiga sarflanadi. Ammo aholi tomonidan qiş mavsumida elektr energiyasiga bölgan ehtiyojning oşib ketişi sabab, bu qiymat yanada kötariladi. Eng açinarlisi aholining öz qarzdorligini yopişni istamaydi. Masalan, qişning sovuq kunlarida xonadonlarni isitiş uçun elektr peçkalaridan foydalanişga töğri keladi. Bu esa mavjud elektr ta'minotining belgilangan limitidan oşib ketişiga sabab böladi. Buning oldini oliş maqsadida aholiga 1 tonnasi 126 ming söm bölgan kömir sotilmoqda. Uşbu kömirni uzoq muddatga yoqsa böladi, ammo 126 ming sömlik elektr energiyasi bilan heç qança muddatga uyni isitib bölmaydi. Qolaversa, bu ham nasiya qilinadi”.
“Yana bir gap”, - deydi mutaxassis. “Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qarorga muvofiq elektr tejovçi lampoçkalardan foydalaniş zarur. Bu ham iste'molçiga, ham davlatga foydalidir”.
Qaşqadaryo viloyati energiya sotiş departamenti mutaxassisi Şavkat Xolov bilan boğlanganimizda, u bizga quyidagilarni gapirib berdi:
“Qaşqadaryo viloyatidagi qarzdorlik holati har qaysi tumanda turliça. Masalan, Şahrisabzga qöşni bölgan Kitob tumanida qarzdorlik darajasi past. Şahrisabzda esa bu holat yuqori. Masalan, tuman böyiça bir sutkaga 600 ming kilovatt soat ajratiladi. Aholi esa mana şu limitni uzoği bilan 4 soatga yaqin vaqt oraliğida tugatib qöymoqda. Natijada bir sutkada şu tumanning öziga 1 million 200 ming kilovatt soat elektr energiyasi sarf bölmoqda. Yanada aniqroq aytiladigan bölsa, har bir xonadonga 2 kilovatt soatdan elektr energiyasi ajratilgan, ammo sarflaniş körsatkiçi bundan ança yuqori”.
Xöp, gaplar tuşunarli böldi. Oddiy savol örtaga çiqadi: “Agar men umuman qarzdor bölmasam, sarflagan elektr energiyamning pulini öz vaqtida tölab borayotgan bölsam, menikida çiroq öçmaydimi?”.
“Öçadi! Negaki, bunga yon-atrofdagi qarzdor qöşnilar, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanyotgan odamlar sabab, siz ham çiroqsiz qolasiz, deydi mutaxassis. Buning uçun mahalla oqsoqoli, mahalla faollari bilan qarzdor yoki hisoblagiç örnatmagan holda elektr energiyasidan foydalanyotgan xonadonlarni aylanib çiqib, ularga tuşuntiriş işlari olib borişi kerak”, deb qöşimça qildi u.
Tanganing ikkinçi tomoni
Hissiyotga berilmay, yotiği bilan öylasak, mutaxassislar qaysidir tomondan haq. “Menga nima?”, degan gap ketmaydi hozir. Ana şu gap sabab hozir insoniyat boşiga minglab balolar yopirilgan. Mahalla faol bölsa, bir muammo örtaga olib hal etilsa, u yerda yaşovçi biror-bir kimsa, notöğri qadam taşlaşga haddi siğmaydi.
Qolaversa içki madaniyat, degan tuşunçalar bor. Xali-hamon oramizda şunday odamlar uçrab turibdiki, ularni “dunyoni suv bossa ördakka ne ğam”, deguvçilar toifasiga kiritiş mumkin. Vatanga dahldorlik tuyğusi begona bunday kimsalar, odamlarga yordam beriş örniga nafaqat ularga, balki butun bir mahallaga, kerak bölsa, jamiyatga zarar keltirişadi.
Uyimdagi elektr “pryamoy” liniyaga ulangan, deb gerdayib yuruvçi yoki tekşiruvçilarga xuşomad qilib, “qistir-qistir” qilib jönatib yuboruvçi bunday odamlar, har doim taraqqiyot kuşandasi bölib kelişgan.
Hamma gap özimizda. Huquqlarimizni töla anglab yetmaganimizda. 25 yildan buyon mustaqilmiz, ammo nimadandir qörqib yaşaymiz. Öz konstitutsion huquqlarini biliş, unga amal qiliş va uni talab etişning heç bir qörqinçli jihati yöq axir. Gapimiz yakunida Jaloliddin Rumiyning bir gapini yodga olişni lozim topdik: “Aqlli edim dunyoni özgartirmoqçi böldim, dono böldim özimni özgartiryapman”.
Keling, hurmatli fuqaro, hammasini özimizni özgartirişdan boşlaylik!











