Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qilişiça, Surxondaryo viloyatining Şörçi tumanida «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ «Energosavdo» filiali tuman bölimi muhandisi xizmat mavqeini suiiste’mol qilgan.

U fuqaroga tegişli savdo dökonida elektr energiyasidan foydalaniş qoidalari buzilgani yuzasidan tuzilgan dalolatnomani qonuniy tartibda körib çiqmaslik, işni sudga yubormaslik hamda yangi elektr hisoblagiçini örnatib, röyxatdan ötkazib beriş evaziga 1000 AQŞ dollari talab qilgan.

Tezkor tadbir davomida muhandis avval olgan 200 AQŞ dollari va 1 mln 50 ming sömdan taşqari, qolgan 500 AQŞ dollari hamda 2,4 mln sömni olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Şuningdek, Andijon viloyatining Baliqçi tumanida elektr ta’minoti korxonasi boşliği örinbosari ham korrupsiya bilan boğliq holatda qölga olindi.

U tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlarining oylik faoliyat körsatkiçlari böyiça hisobotlarini viloyat filialidagi tanişlari orqali ijobiy hal qilib berişni va’da qilib, ulardan pul talab qilgan. Tezkor tadbirda mansabdor şaxs xodimlar tomonidan yiğib berilgan 300 AQŞ dollarini olayotgan vaqtida uşlandi.

Har ikki holat yuzasidan mansabdorlarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.