Uçraşuvda prezident raisligida ötgan videoselektor yiğilişlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaşda parlament nazoratining mavjud mexanizmlaridan samarali foydalaniş muhimligi qayd etildi. Senatorlar va mahalliy kengaş deputatlari joylardagi muammolarni tizimli örganib, ularni bartaraf etiş yuzasidan amaliy çoralar körişi zarurligi ta’kidlandi.

Muhokamalarda yoqilği-energetika sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar, elektr va gaz ta’minoti barqarorligini ta’minlaş, energiya yöqotişlarini qisqartiriş, hisobga oliş tizimidagi kamçiliklarni bartaraf etiş hamda kuz-qiş mavsumiga puxta tayyorgarlik köriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qayd etilişiça, sohada amalga oşirilgan işlarga qaramay, elektr ta’minotidagi uzilişlar, avariyalar sonining ortişi, energiya yöqotişlari va hisoblagiçlar bilan boğliq muammolar aholi hamda tadbirkorlarning asosli e’tirozlariga sabab bölmoqda.

Şu munosabat bilan har bir senator va mahalliy Kengaş deputatiga bir hafta muddatda öz saylov okrugidagi energetika sohasidagi holatni joyiga çiqqan holda örganiş, aholi bilan uçraşiş, aniqlangan muammolarni mas’ul taşkilotlar bilan hamkorlikda hal etiş va bu işlar ijrosini doimiy nazorat qilib boriş böyiça tavsiyalar berildi.

Şuningdek, uçraşuvda mahallalarda aholi bandligini ta’minlaş, kambağallikni qisqartiriş, mikroloyihalarni amalga oşiriş, ijtimoiy himoya tizimini takomillaştiriş va davlat xizmatlarini aholiga yaqinlaştiriş böyiça vazifalar ham körib çiqildi. Muhokama yakunida prezident tomonidan belgilangan topşiriqlarni öz vaqtida va sifatli bajariş, mahalliy kengaşlarning nazorat vakolatlaridan töliq foydalaniş hamda aholi murojaatlari bilan manzilli işlaş böyiça aniq yönalişlar belgilab olindi.