AQŞ prezidenti etib saylangan Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Islandliya poytaxti Reykyavikda uçraşmoqçi va Rossiya bilan yadroviy qurollarni çeklaş böyiça kelişuvlarni tayyorlaş böyiça işni boşlamoqçi. Bu haqda Sunday Times naşri xabar berdi, deb ma'lum qildi RIA “Novosti” axborot agentligi.
Avvalroq Tramp Wall Street Journal naşriga intervyusida inauguratsiyasidan keyin Putin bilan uçraşmoqçiligini aytgandi. Putin katta matbuot-anjuman berganda ikki davlat oldida turgan barça masalalarni agar Trampdan taklif tuşsa, AQŞga borib muhokama qilişga tayyorligini bildirgan.
Naşrda ta'kidlanişiça, Tramp va uning jamoasi britaniyalik amaldorlarga Putin bilan Reykyavikdagi uçraşuv Trampning birinçi xorijiy safari bölişini ma'lum qilişgan. Bu rejalarni Rossiyaning Londondagi elçixonasida muhokama qilgan naşr manbalarining aytişiça, Moskva sammitning ötkazilişiga rozilik bermoqçi. Biroq RIA “Novosti” axborot agentligi Rossiya elçixonasining bu masala böyiça rasmiy tasdiğiga ega emas.
Islandiya taşqi işlar vazirligi Putin va Trampning uçraşuvini taşkillaştirişga tayyorligini, biroq hozirça tegişli sörovni olmaganini ma'lum qildi. Bu haqda Iceland Monitor naşri xabar bergan.
"Islandiya hukumati bu haqda sörov olmagan. Agar Vaşingtondagi amaldorlar Islandiya hukumatiga Reykyavikda sammit taşkillaştiriş iltimosi bilan murojaat qilsalar, biz buni ijobiy qabul qilamiz hamda AQŞ va Rossiya örtasidagi munosabatlarning yaxşilanişi uçun öz hissamizni qöşamiz", deb aytgan Islandiya taşqi işlar vaziri Gudlaugur Tor Tordarson.












