15 yanvar kuni Rossiyaning Saratov viloyati hududida Toyota miniveni va Volvo rusumli yuk maşinasi töqnaşişi oqibatida halok bölgan 7 kişidan ikki nafari özbekistonlik bölgan. Bu haqda Özbekiston FVV saytida xabar berildi.
"Rossiya Federatsiyasi FVVning bergan ma'lumotiga köra, 2017 yilning 15 yanvar kuni soat 01.32 (Moskva vaqti bilan) da “Nijniy Novgorod-Saratov” 1R-158 avtomobil yölining Saratov oblasti hududidan ötuvçi 547 kilometrida Volvo rusumli yuk avtomobili hamda Toyota Verso rusumli yengil avtomobili iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi.
YTH natijasida 7 kişi halok bölgan. Halok bölganlar orasida 2 nafar Özbekiston Respublikasi fuqarolari bor. Bular:
1.Lyudmila Bazarova, 1975 y.t.
2.Zaynutdin Abdusalanov, 1992 y.t.
Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tegişli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda halok bölganlarning yaqinlariga zaruriy yordam körsatiş çoralari körilmoqda", deyilgan xabarda.
Bu halokat sodir bölgan vaqtda qurbonlar Qirğiziston va Özbekiston fuqarolari ekani aytilgandi, köp ötmay qurbonlarning yettalovi ham qirğizistonlik bölgani ma'lum qilindi.











