AQŞ prezidenti Barak Obamaning bayonot berişiça, u har doim Rossiya bilan amaliy hamkorlik qilişga uringan. Obama bu haqda özining prezidentlik lavozimidagi sönggi matbuot anjumanida söz yuritdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.
«Rossiya bilan yaxşi munosabatlar AQŞ va dunyo manfaatlariga javob beradi. Bu mening prezidentligimdagi yondaşuvdir», — degan Obama.
Uning sözlariga köra, «sovuq uruş» davridagi raqobatga qaytiş mamlakatlar örtasidagi munosabatlarga rahna soladi, xolos. Obamaning qöşimça qilişiça, AQŞ Rossiya «jahon hamjamiyatining mas'uliyatli a'zosi» bölişiga hissa qöşgan.
Obama, şuningdek, Rossiya va Ukraina örtasida yangidan mustahkam aloqalarni kutayotgani va Rossiya bilan yadroviy qurolsizlaniş böyiça muzokaralarning qayta boşlanişiga umid qilişini ta'kidlagan.












