Tojikistondan Özbekistonga yirik partiyadagi giyohvand moddalarning kontrabandasi bilan şuğullangan uyuşgan jinoiy guruh (UJG) faoliyatiga çek qöyildi. Bu haqda Sputnik Özbekiston kuç mahkamalaridagi manbaga asosan xabar berdi.
UJG a'zolari 11 kişidan iborat bölgan. Unga urgutlik 42 yoşli Baxtiyor Xuşnazarov rahbarlik qilgan. U şunday jinoyatlari tufayli 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Xuşnazarovning ukasi – Ilhom Xuşnazarov guruh yetakçilaridan biri bölgan. U Özbekistonga yirik partiyadagi giyohvand moddalarni olib kirilişida bevosita iştirok etgan. Faqatgina 2016 yilning martida guruh a'zolaridan 17 kilogrammdan ortiq “opium” giyohvandlik moddasi olib qöyildi. Guruh a'zolari Özbekistonga Tojikistonning Söğd viloyati Panjikent tumanidan 2015 yilning noyabrida 24 kilogrammdan ortiq bunday giyohvandlik moddasini olib kirişgan.
"Ilhom Xuşnazarov akasi va boşqa hamtovoqlari qölga olinganidan xabar topib, huquqni muhofaza qiluvçi organlardan yaşirindi. Jinoyatçi qidiruvda bölgan. MXX xodimlari tezrok tadbirlar natijasida Xuşnazarovni qölga olişdi", - deya ta'kidlab ötgan sud vakili.
U sudda öz aybiga töliq iqror böldi va 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi.












