Transport vazirligi tomonidan işlab çiqilgan qaror loyihasiga köra, 2027-yil yakuniga qadar “Toşkent - Andijon” yönalişida harakatlanayotgan tezyurar elektropoyezdlar qatnovini Samarqand şahrigaça uzaytiriş orqali “Andijon - Samarqand” yönalişida tezyurar elektropoyezdlar qatnovi yölga qöyiladi.
Şuningdek, 2027-yil yakuniga qadar Samarqand xalqaro aeroporti – temiryöl vokzali – Registon maydoni – “Şohi Zinda” majmuasi – “Boqiy şahar” majmuasi – yirik mehmonxonalar yönalişi böyiça “Turistik şattl” ekspress avtobuslari va halqa yönalişlari taşkil etiladi hamda Samarqand şahrida yagona turistik raqamli navigatsiya tizimi joriy etiladi.
2028-yil fevral oyidan boşlab Buxoro temiryöl vokzali – Xalqaro aeroport – Eski şahar – Mehmonxonalar zanjiri böyiça uzluksiz ekspress avtobuslar harakati yölga qöyiladi.
2028-yil yakuniga qadar “Qöqon - Pop - Namangan - Andijon - Marğilon - Qöqon” aylanma halqa yönalişi böylab kunlik elektropoyezdlar qatnovi 2 barobarga oşiriladi.
Pop temiryöl stansiyasidan Namangan şahri avtovokzaliga qadar yölovçilar uçun muntazam mikroavtobus qatnovi yölga qöyiladi.
2027-yil yakuniga qadar Nukus şahrida yölovçi oqimi yuqori bölgan uçastkalarda BRT (tezkor avtobus yölagi) tizimini joriy etiş çoralari köriladi.
Şuningdek, Yölovçilar uçun yagona çipta tizimini joriy etiş rejalaştirilmoqda.

















