Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol bilan yaqindan tanişiş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasiga taşrif buyurgani haqida avval xabar qilingan edi. Davlat rahbari taşrifi doirasida xalq vakillari va faollari bilan uçraşdi. Unda qator dolzarb masalalar va muammolar muhokama qilindi, oşkora fikr almaşildi, kerakli topşiriqlar berildi.

Yiğilişda Boş vazir örinbosari Ğulomjon Ibragimov (geologiya, yoqilği-energetika kompleksi, kimyo, neft kimyosi va metallurgiya sanoati majmuasiga mas'ul) ham sözga çiqdi va respublikadagi energiya ta'minoti bilan boğliq vaziyat yuzasidan axborot berdi. 

Ibragimovning aytişiça, Qoraqalpoğiston hududlariga çiqib, haqiqiy ahvol örganilganda, Vazirlar Mahkamasining mazkur kompleksi tomonidan qabul qilingan dasturlar naqadar xomligi ayon bölgan. uşbu mintaqada jami 2200 km yuqori kuçlanişli, 16800 km past kuçlanişli elektr tarmoqlari va 4368ta transformator punktlari mavjud.

Uning sözlariga köra, bugungi kunda, Qoraqalpoğiston past kuçlanişli elektr tarmoğining 10,4 ming kilometri yoki 62 foizi, transformator punktlarining 2,2 mingtasi yoxud 50 foizi jismonan va ma'nan eskirgan. Ibragimovning ta'kidlaşiça, mazkur holat çuqurroq örganilganda ayon bölganki, energiya ta'minoti tuzilmalari nafaqat Qoraqalpoğiston, balki Özbekistonning boşqa mintaqalarida ham past kuçlanişli tarmoqlar bilan umuman şuğullanmagan. 

Şunga köra, joriy yilning birinçi çoragida past kuçlanişli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qiliş dasturi doirasida 29 kmlik yangi elektr tarmoği qurilsa, 128 kmga teng tarmoq modernizatsiya qilinadi. Bundan taşqari, 13 transformator punktlari yangi barpo qilinib, 32tasi modernizatsiya qilinadi.