© Flickr/ Michael Coghlan

Dubay xalqaro aeroporti xalqaro aviayölovçilar böyiça 2016 yildagi eng köp yuklamaga ega böldi. Bu haqda The National naşri xabar berdi.

Yillik trafik 7,2 foizga ösib, 83,6 million yölovçini taşkil etdi.

Aeroport 2017 yilda 89 million yölovçi kelişini taxmin qilmoqda, ya'ni yölovçi ötkaziş darajasi 6,5 foizga ortadi.

Xususan, yölovçi ötkazişning ortişiga mahalliy aviataşuvçilar, jumladan, Emirates va Flydubai’ning 11ta yangi yönalişga parvoz qila boşlagani turtki bergan.
Faqatgina 2016 yilning dekabrida yölovçi ötkaziş darajasi ötgan yil bilan taqqoslaganda 9,3 foizga ösib, 7,7 millionni taşkil etdi.

Dubay aeroporti Londonning Xitrousini bunday körsatkiç böyiça 2014 yildayoq ortda qoldirgandi. Xitrou orqali 2016 yilda 76 million yölovçiga xizmat körsatildi (biroq bu raqam xalqaro va içki reyslarni birdek qamrab olgan).

Dubay aeroporti 2023 yilgaça yölovçi ötkaziş miqdorini 118 millionga qadar oşirişni rejalaştirmoqda.