AQŞning Pensilvaniya ştatidagi Pittsburg şahrida istiqomat qiluvçi erkak AQŞ prezidenti Donald Trampning siyosati haqidagi bahs davomida öz qöşnisining quloğini tişlab, uzib oldi. Bu haqda CBS Pittsburgh sayti xabar berdi.

Erkak mamlakatga Meksikadan köçib kelgan bölib, yangi prezident uni AQŞdan çiqarib yuborişidan xavotirda bölgan. U spirtli içimlik ta'sirida mamlakatdan çiqarib yuborişmoqçi bölsa, köplab insonlarni öldirişga harakat qilişini aytgan.

Meksikalik bilan bir xonadonda yaşovçi Marko Ortiz ismli 30 yoşli yigit esa qöşnisi bilan munozaraga kirgan, biroq erkak unga taşlanib, barmoqlarini qayirib taşlagan hamda quloğini tişlab olgan. Jabrlangan avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçasiga qadar qoçib borib, yordamga çaqirgan.

Politsiya yetib kelganida esa gumonlanuvçi qoçib qolgani aniqlandi. Ortiz kasalxonaga olib ketildi, uning ahvoli barqaror ekani aytildi. Tişlab, uzib olingan quloq  esa xonadondan topildi.

Ma'lumot uçun, Tramp özining saylovoldi kampaniyasi vaqtida AQŞ hududida noqonuniy ravişda istiqomat qiluvçi taxminan 11 million kişini mamlakatdan çiqarib yuboriş niyatida ekanini ma'lum qilgandi. Şuningdek, siyosatçi Meksika bilan çegarada devor qurişga ham va'da bergan.