Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borişi bilan yaqindan tanişiş maqsadida Xorazm viloyatiga taşrif buyurdi. ÖzA agentligi xabar berişiça, Prezidentimiz viloyatga taşrifi doirasida Xiva tumanidagi “Boltaboy oqsoqol” fermer xöjaligida taşkil etiladigan baliqçilik kompleksi loyihasi bilan tanişdi.
Hozir mazkur xöjalikda 232 gektar havzada baliq yetiştirilmoqda. Ötgan yili 490 tonna baliq yetkazib berilgan.
Fermer xöjaligida Vetnam texnologiyasi asosida baliq yetiştiriş va uni qayta işlaşni yölga qöyiş rejalaştirilgan. Bu texnologiya uvildiriqlarni intensiv usulda yetiştiriş va havzalarga yuqori tiğizlikda ötkazişga ixtisoslaşgan. Bunday usul baliqlarning omuxta yem sarfiga nisbatan rivojlaniş sur'ati yuqoriligi, salbiy gidrokimyoviy holatlar va kasalliklarga çidamliligi bilan ajralib turadi. Odatda bir gektarlik havzadan örtaça 15-20 sentner baliq olinadi. Vetnam texnologiyasi samarasida bu körsatkiç 400 sentnergaça yetadi.
Uşbu istiqbolli loyihaga "Ipoteka-bank" kredit ajratgan. Korxonada yiliga 300 tonnadan ortiq mahsulot tayyorlaş, 20 iş örni yaratiş möljallangan.
Davlatimiz rahbari, şuningdek, “Xiva naslli parranda” mas'uliyati çeklangan jamiyati tomonidan taşkil etilişi rejalaştirilgan parrandaçilik markazi loyihasi bilan tanişdi.
"Özsanoatqurilişbank" mablağlari yönaltirilayotgan uşbu loyihaning umumiy qiymati 11 milliard sömni taşkil etadi. Korxonada Italiya va Xitoy uskunalari asosida yiliga 51 million dona tuxum, 1 million 40 ming dona jöja yetiştiriş möljallanmoqda. Bu har bir xonadonga 100 tadan jöja tarqatiş, aholi farovonligini oşiriş imkonini beradi. Korxonada 50 iş örni yaratiladi.
Xalqimiz yetti xazinaning biri deb biladigan parrandaçilik va baliqçilik böyiça işga solinmagan imkoniyatlar köpligi, bu tarmoqlar aholini göşt va tuxum bilan ta'minlaş, oilalarga daromad manbai yaratişda muhim örin tutişi ta'kidlandi. Agrofirmalar taşkil etiş orqali bu mahsulotlarni eksport qiliş ham mumkin.
Prezidentimiz Xiva tumani Çodra qişloğida Xursand Madrimov va Ollabergan Rahimov xonadonlariga kirib, ularning turmuş şaroiti, daromadlari bilan qiziqdi. Tomorqadan samarali foydalaniş, limon, yonğoq, anor, anjir kabi serdaromad ekinlar ekiş zarurligi haqida söz bordi.
Şavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga taşrifi davom etmoqda.












