Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borişi, xalq bilan muloqot qiliş maqsadida 27 yanvar kuni Xorazm viloyatiga taşrif buyurgani haqida ÖzA agentligi xabar bermoqda. 

Prezidentimizning viloyatga taşrifi Xivadagi Içan-qal'a majmuasidan boşlandi. 

Muzey-qöriqxona – Içan-qal'a majmuasi xalqimiz tarixi, madaniyati, ilm-fani, qadimiy me'morlik va hunarmandlik an'analarini mujassam etgan. Insoniyatning bebaho boyligi sifatida YuNeSKOning jahon merosi durdonalari röyxatiga kiritilgan. Muzey fondida 38 ming 561 eksponat bor. 2016 yilda Içan-qal'aga 75 mingga yaqin kişi, jumladan, 84 mamlakatdan 34 ming sayyoh kelgan. 

Xorazmda bunday tarixiy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylar juda köp. Ular zamon talablari asosida ta'mirlanib, sayyohlar uçun zarur şaroitlar yaratilayotgani natijasida viloyatda turizm izçil rivojlanib borayotir. 2016 yilda xorijlik sayyohlarga körsatilgan xizmatlar eksporti 2013 yilga nisbatan 20 foiz oşgan. 

Davlatimiz rahbarining 2016 yil 2 dekabrdagi “Özbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirişni ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni bu borada yanada keng imkoniyatlar yaratdi. 

Pahlavon Mahmud maqbarasi ziyorat qilindi. 

Davlatimiz rahbari Matniyoz Devonbegi madrasasida Xiva şahrining tarixiy qismida amalga oşiriladigan bunyodkorlik işlari rejasi, Isfandiyorxon qabul marosimlari uyi va Nurillaboy saroy majmuasini rekonstruksiya qiliş loyihalari bilan tanişdi. 

Prezidentimiz Xorazmning turizm borasidagi imkoniyatlarini töliq işga soliş, yangi yönalişlar taşkil etiş va ularni jahon bozorlarida tarğib qiliş, mehmonxonalar va transport infratuzilmasini rivojlantiriş zarurligini ta'kidladi. Zotan, turizm mamlakat iqtisodini rivojlantiriş, ayniqsa, yangi iş örinlari yaratişda muhim sohalardan hisoblanadi. 

Urgançdan Xivagaça temir yöl va Xiva şahrida zamonaviy vokzal barpo etiş, bu yölda elektropoyezdlar, kelgusida yuqori tezlikda harakatlanuvçi “Afrosiyob” tezyurar poyezdi qatnovini yölga qöyiş lozimligi qayd etildi. Şaharning turizm jozibadorligini oşiriş maqsadida saylgoh köçalar taşkil etiş va keçki sayr imkoniyatini yaratiş, ularda milliy urf-odatlarimiz va köngiloçar dasturlarni namoyiş qiliş böyiça körsatmalar berildi. 

Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan suhbatda tarmoqda xalqaro hamkorlikni kengaytiriş orqali xorijlik sayyohlarni köproq jalb qiliş, xizmat körsatiş sifatini yaxşilaş, sohaga ixtisoslaşgan mutaxassislar tayyorlaş va malakasini oşiriş, suvenir işlab çiqaradigan korxonalarni köpaytiriş xususida söz bordi. Soha mutasaddilariga tegişli topşiriqlar berildi. 

Şavkat Mirziyoyev Xorazm Ma'mun akademiyasiga taşrif buyurdi. 

Uşbu akademiya Birinçi Prezidentimizning 1997 yil 11 noyabrdagi farmoniga muvofiq qayta taşkil etilgan. 2006 yili YuNeSKO şafeligida Xorazm Ma'mun akademiyasining 1000 yilligi nişonlangan. 

Bugungi kunda ilmiy muassasada 41 nafar ilmiy xodim, jumladan, 7 nafar fan doktori, 19 nafar fan nomzodi faoliyat yuritmoqda. Ular Xorazm davlatçilik tarixi, bu zamindan yetişib çiqqan olimlarning jahon fani va madaniyati rivojiga qöşgan hissasi, Xorazm me'moriy yodgorliklarini biologik, fizik va boşqa salbiy ta'sirlardan himoya qiliş, hududdagi ekologik holatni yaxşilaş, yer-suv resurslaridan oqilona foydalaniş, tuproq unumdorligini oşiriş, voha şaroitiga mos qişloq xöjaligi ösimliklarini iqlimlaştiriş, şörlaniş va çöllanişning oldini oliş kabi yönalişlarda ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. 

Prezidentimiz akademiyada ilmiy yönalişlarni kengaytiriş, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oşiriş, ularni amaliyotga keng joriy qiliş, olimlarning turmuş şaroitlarini yanada yaxşilaş zarurligini ta'kidladi. Akademiya tomonidan arxeologiya yönalişida erişilgan muvaffaqiyatlardan foydalanib, bu ilmiy muassasani sayyohlik yönalişlariga kiritiş, xalqimiz tarixini çet ellik turistlarga tarğib qiliş masalalariga e'tibor qaratildi.