2017 yil sentabr oyidan Özbekistonning Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida Chevrolet Labo avtomobilining takomillaştirilgan modelini işlab çiqiş yölga qöyiladi.
Bu haqda, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati faollari bilan Urganç şahrida ötkazgan uçraşuvida ma'lum qildi. Biroq, Davlat rahbari mazkur loyihaning tafsilotlarini oşkor qilmadi.
Ma'lumki, GM Uzbekistan qöşma korxonasi 2015 yil 27 iyulidan «Xorazm Avto» korxonasida Chevrolet Labo avtomobillarini seriyali işlab çiqişni yölga qöygan edi. 550 kggaça yuk kötara oladigan mini-yuk maşinasini işlab çiqiş Özbekistonning 2015 yilga möjallangan Investitsiya dasturi doirasida özlaştirilgan edi. Loyihaning umumiy qiymati 5,9 mln AQŞ dollarini taşkil etgan. Zavodda yiliga 5 ming dona Labo işlab çiqarilişi mumkin.












