Nyu-Yorkning Jon Kennedi nomidagi aeroporti binosi oldida 28 yanvarda önlab odamlar AQŞ prezidentining mamlakat hududiga bir qator muhojirlarning kirişini çeklovçi farmoni amal qilişni boşlagani munosabati bilan norozilik namoyişlari uyuştirdilar, deb xabar bermoqda Washington Post naşri.

27 yanvarda AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞga 120 kunga qoçqinlarni qabul qilişni töxtatuvçi, Suriyadan kelgan qoçqinlarni noma'lum muddatga joylaştirişni taqiqlovçi, AQŞga kirişning ba'zi qoidalarini qat'iylaştiruvçi hamda bir neçta musulmon davlatlari fuqarolarining AQŞga 90 kunga kirişini töxtatuvçi farmonni imzoladi. Farmonda körsatilişiça, gap Iroq, Eron, Suriya, Sudan, Yaman, Liviya va Somali fuqarolarining AQŞga kirişining vaqtinçalik taqiqlanişi haqida ketmoqda.

Naşrda çop etilgan suratlarda aeroportga kiraverişda muhojirlarni oilalari bilan himoya qiliş talab qilingan plakatlar uşlagan odamlarni köriş mumkin. Plakatlardan birida "Biz barçamiz muhojirmiz" degan yozuvni köriş mumkin.

Farmon kuçga kirgandan keyin, aeroportga kelayotganlar uşlanayotgani haqida xabarlar tuşişni boşlagan. Aeroport vakili ma'lumotlariga köra, 11 kişi uşlangan. Ular orasida 2 iroqlik bölib, ular uşbu vaziyat yuzasidan AQŞ hukumatiga qarşi Nyu-York sudiga da'vo arizasi berişgan.