Özbekiston Iqtisodiyot vazirligi Özbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi doirasida 2016 yilning yanvar—dekabr oylarida investitsiya loyihalarining amalga oşirilişi töğrisida ma'lumot e'lon qildi.
2016 yilda faol investitsion siyosatni amalga oşiriş natijasida umumiy qiymati 5,2 milliard dollar bölgan 164 ta loyihalarni amalga oşiriş yakunlandi hamda 5329 ta yangi iş örinlari yaratildi, jumladan neft-gaz sanoatida — 9 ta loyiha, rangli metallurgiya tarmoğida — 20, elektroenergetika sohasida — 5, maşinasozlik tarmoğida — 3, elektrotexnika sohasida — 16, yengil sanoatda — 17, boşqa tarmoqlarda — 94 ta loyihalar.
Xususan, «450 MVt quvvatli ikki buğ stansiyasi quriş orqali Tolimarjon IESni kengaytiriş», «Angren IESda teplofikatsion tanlov bilan yuqori kulli kömirni yoqiş uçun 130-150 MVt quvvatli energoblok quriş», «Siquv kompressor stansiyasini quriş orqali Şarqiy Berdaq va Şimoliy Berdaq konlari qöşimça infratuzilmasini rivojlantiriş», «Jizzax viloyatidagi sement zavodini kengaytiriş», «Mis eritiş zavodida yangi erituv peçini quriş», «Qalmoqqir konining balansdan taşqari rudalarini işlab çiqarişga jalb qiliş», AJ «DjiEm Özbekiston»da «Yengil avtomobillarning «T-250» modelini işlab çiqarişni taşkil etiş», «Angren-Pop elektrlaştirilgan temir yölini quriş», «Özbekiston havo yöllari» MAK havo kemalari parkini yangilaş (2 ta yangi Boeing-787 Dreamliner samalyotlarini olib keliş)» , «Indorama Qöqon tekstil» XK MÇJda ip yigiruv işlab çiqarişni taşkil etiş (IV bosqiçi)» va «Andijon viloyatidagi «Fanteks» MÇJda ip yigiruv işlab çiqarişni taşkil etiş», «Meylisoy» konini qurilişi» va «Sirdaryo viloyatidagi «Guliston Med Texnika» MÇJ QKda bir marta foydalaniş uçun sterillangan şpritslar işlab çiqarişni taşkil etiş», «Jizzax plastmassa» AJda polietilen plyonkalarini va trubalarni işlab çiqarişni taşkil etiş», «Jizzax» EIZida şişa tolasidan issiqlik izolyatsiyasini ta'minlaydigan mahsulotlarni va keng assortimentdagi elektrotexnik mahsulotlarni işlab çiqarişni taşkil etiş» va boşqalar.
Şu bilan birga, qabul qilingan dasturlarning ijrosini ta'minlaş böyiça vazirlik, idoralar, xöjalik yurituvçi sub'yektlar hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimiyatlari tomonidan monitoring olib boriş tartibi belgilangan tartibda tasdiqlandi.
Hozirgi paytda uşbu yölga qöyilgan tizim yordamida investitsion loyihalarning amalga oşirilişida har bir tarmoq jadvalining bajarilişi böyiça tizimli monitoring örnatilgan va buning natijasida muammoli masalalar va ularning yeçimi böyiça takliflar kiritib borilmoqda.












