Anqara Turkiya armiyasi tank parkini modernizatsiya qiliş uçun tanlov e'lon qildi. Bu haqda Defense News yozmoqda.
Gap 200ta maşina haqida bormoqda: 40ta Amerikaning M60A3, 120ta M60T (bu avval Isroilda Sabra Mk II loyihasi böyiça modernizatsiya qilingan M60A3) hamda 40ta Germaniyaning Leopard 2A4. Naşr ma'lumotlariga köra, uşbu maşinalarni qayta işlaşga möljallangan şartnoma umumiy qiymati 500 million dollarga teng.
Turkiya qurolli kuçlaridagi manbalarning aytişiça, modernizatsiya dasturi birinçi navbatda zirhlilik darajasini kuçaytiriş va tanklarga qarşi qurollardan himoya qilişni yaxşilaşni (uning içida faol himoya komplekslarini örnatiş ham bor) qamrab oladi.
Ta'kidlanişiça, tanlov Suriya şimolida oğir bronetexnikadan foydalanişning salbiy natijalari tufayli tezlik bilan e'lon qilingan. U yerda Turkiya armiyasi bir neça tanklari jangarilar tomonidan tanklarga qarşi raketa qöllanişi tufayli yöq qilindi.
Ayni damda Turkiya quruqlikdagi qöşinlarida Leopard 2A4 turidagi 330ta tank, 400ta Leopard 1A1 va 1A3 tanklari, taxminan 1,5 mingta turli variantlardagi M60 tanklari va 1,4 ming M48A5 modernizatsiya qilingan tanklari bor.












