"Rossiya birlaşgan harbiy bazasi Qirğizistonda. Nima? Qayerda? Qaçon?" maqolasida ("Regnum", 30.01.2017) Margarita Knyazeva joriy yilning 29 yanvarida Rossiya Federatsiyasi (RF) va Qirğiziston Respublikasi (QR) örtasida kelişuv kuçga kirgani töğrisidagi maqolani taqdim etdi. Mazkur kelişuvga köra, respublika hududida joylaşgan harbiy obektlar yagona yuridik - Rossiya birlaşgan harbiy bazasiga aylantirildi. Rossiya harbiy taşkilotining maqsad va vazifalari özgarişsiz qolgan.
Kelişuvda Rossiya obektining tartib-intizomi va şart-şaroitlari, şaxsiy tarkib va oila a'zolarining mamlakat hududida qoliş qoidalari mahalliy qonunçilikdan kelib çiqqan holda qayta belgilab berildi. Hujjatda heç qanday sifat va miqdorga oid katta özgarişlar yöq.
Rossiyaning tört harbiy obekti - aviabaza, Issiqköldagi sinov bazasi, seysmostansiya va RF HDF (harbiy-dengiz floti)ning uzoq aloqa tarmoği avvalgi örinlarida qolgan. Mazkur kelişuv 15 yil davomida amalda böladi va tomonlardan biri uni töxtatişga qaror qilgunga qadar avtomatik ravişda 5 yillik muddatlarga çöziladi.
Hujjatga köra, "Kant" aviabazasi öz faoliyatini bepul davom ettiradi. Avtonom seysmik punkt joylaşgan yer hududidan foydalaniş evaziga tölanadigan ijara haqi evaziga Favqulodda vaziyatlar böyiça vakolatli organ va QR Fanlar akademiyasining Seysmologiya institutiga mamlakatdagi zilzilalar kuçi va vaqtiga oid operativ ma'lumotlar taqdim etiladi. Aslida yillik ijara haqi 4,5 million dollardan ziyodni taşkil etadi.
"Global Firepower"ning harbiy qudratga doir reytingida Qirğiziston 126 örin orasida 110-poğonani egalladi. Naşr versiyasiga köra, QRda 3 million mehnatga layoqatli fuqaro bölib, ulardan harbiy xizmatga yaroqlilari 2,7 millionni taşkil qiladi. Mamlakatda mavjud harbiy xizmatçilar soni - taxminan 16 000 nafar bölsa, harbiy byudjyet 249 million dollarni taşkil etadi. Reyting mualliflari respublikada 150 tank, 30 öziyurar artilleriya qurilmasi, 21 reaktiv olov tizimi, 159 artilleriya quroli va 6 vertolyot (2tasi zarbli vertolyot) borligini ta'kidlaşgan.












