2016 yilgi mavsumni «Buxoro» futbol klubida ötkazgan va 9 ta gol bilan jamoasining eng yaxşi töpurari bölgan Aziz Ibragimov faoliyatini Eronda davom ettiradi. U «Maşinasozi»klubi bilan şartnoma imzoladi.

30 yoşli futbolçi Tabriz şahri şarafini himoya qilayotgan klubning tibbiy körigidan muvaffaqiyatli ötdi. Ayni vaqtda jamoa Eron Pro Ligasida 20-turdan keyin 10 oçko bilan sönggi – 16-örinda bormoqda.
Aziz Ibragimov faoliyati davomida «Traktor» (Toşkent, 2004–2005), «Şörtan» (Ğuzor, 2005), «Maş'al» (Muborak, 2006), «Slovan Bratislava» (Slovakiya, 2007–2008), «Bogemians 1905» (Çexiya, 2008–2011), «Tsindao Jonun» (Xitoy, 2011–2012), «Banik Most» (Çexiya, 2013), «Çeske Budeyovitse» (Çexiya, 2013), «Bogemians Praga” (Çexiya, 2013–2014), «Andijon» (Andijon, 2014), «Dinamo» (Samarqand, 2015) va «Buxoro» (Buxoro, 2015–2016) klublarida töp surgan.
Şuningdek, tajribali futbolçi 2007–2011 yillar davomida Özbekiston terma jamoasi safida töp surib, 17 uçraşuvda 3 ta gol kiritişga muvaffaq bölgan.
Eslatib ötamiz, bundan oldinroq Server Jyeparov Eronning «Istiqlol» jamoasi a'zosiga aylangandi.











