«Lokomotiv» PFK rahbariyati qaroriga köra, yaqin ötmişning taniqli futbolçisi, 2008 va 2010 yilda Osiyoning ikki karra «Eng yaxşi futbolçisi» deb topilgan Server Jeparov «Lokomotiv» jamoasi boş murabbiyi etib tayinlandi.
«Server Jeparov bungaça klub sport direktori vazifasini bajarib kelayotgandi. Bundan buyon «Loko» natijalariga Server Reşatoviç mas’ul hisoblanadi. Unga murabbiylar ştabida Mirko Yyeliçiç yaqindan yordam beradi», - deyiladi klub xabarida.
Jeparov «Loko»da iş boşlaşdan avval Özbekiston ösmirlar terma jamoasida ham qisqa muddat boş murabbiy sifatida faoliyat yuritgan edi.
Avvalroq, «temiryölçilar» rahbariyati jamoaning qoniqarsiz natijalar sababli Denis Korostiçenkoni iste’foga çiqargandi.
Ma’lumot uçun, «Lokomotiv» Superliga 16-tur yakunlariga köra, 17 oçko bilan turnir jadvalida 10-örinni egallab turibdi. «Loko» hisobida 5 ğalaba, 2 durang va 9ta mağlubiyat bölib, töplar nisbati 13-21 köriniş olgan.












