«Tottenhem»dan iste'foga çiqarilgan Maurisio Poçettino ta'tilni klublar örtasidagi jahon çempionati ötkazilayotgan Qatarda ötkazmoqda.
Kuni keça Dohada argentinalik taniqli murabbiy Poçettino va yaqin ötmişning maşhur sobiq futbolçisi Ruud Gullit bilan uçraşib qolgan sobiq futbolçilarimiz Temur Kapadze va Server Jeparov ular bilan esdalik uçun suratga tuşişdi. Bu haqda Kapadze feysbukdagi sahifasida rasm joylagan.
Ma'lumot uçun, 2020 yilning 14-31 oktabr kunlari Özbekistonda 19 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasida Osiyo çempionati bölib ötadi. ÖFA U-19 Osiyo çempionatini yuqori saviyada taşkil etiş böyiça yetakçi mamlakatlar tajribasini örganiş uçun, ayni kunlarda ÖFA işçi guruhi Qatarda bölib turibdi. Mutaxassislarimiz Qatarning yirik musobaqalarni ötkaziş borasidagi tajribasini örganişmoqda. Ular orasida Özbekiston U-19 jamoasi boş murabbiyi Temur Kapadze va Server Jeparov ham bor.













