AQŞ prezidenti Donald Tramp mamlakat moliyaviy bozorini tartibga soliş çoralarini kuçaytiriş haqidagi 2010 yildagi Dodd-Frank qonuni qayta körib çiqiladigan farmonni imzoladi. Bu haqda CBS News telekanali xabar bermoqda.
"Bugun biz AQŞ moliya tizimini tartibga solişning asosiy tamoyillarini imzolamoqdamiz", deb aytdi Tramp AQŞ ma'muriyati oliy rahbariyati vakillari oldida.
Trampning aytişiça, bu qonunning qayta körib çiqilişi mamlakat moliya muassasalari sektori faoliyatini yaxşilaşga imkon beradi.
Uoll-stritni isloh qiliş va iste'molçilarni himoya qilişga qaratilgan Dodd-Frank qonuni 2010 yil 21 iyulda qabul qilingan qonun hujjati bölib, AQŞ moliya tizimi xatarlarini kamaytiriş maqsadida işlab çiqilgan. Qonun hokimiyatning moliya xizmatlari körsatiş tartibini muvofiqlaştiruvçi federal organlar faoliyatini ançagina özgartirdi hamda qöşimça moliyaviy tartibga soliş organi – Moliyaviy barqarorlikni nazorat qiliş kengaşiga asos soldi.












