Tojikiston boş vaziri örinbosari Azim Ibrohim poytaxt energetiklaridan aholiga xizmat körsatiş böyiça işni özgartiriş va energiya tarmoqlardagi yöqotişlarni kamaytirişni talab qildi. 

Tojikiston boş vaziri örinbosari Duşanbe şahri energetika tarmoqlari rahbariyati va mutaxassislari bilan yiğiliş ötkazgan, deb xabar berdi «AP» mamlakat hukumatiga asosan.

Ibrohimning ta'kidlaşiça, Tojikiston poytaxti qişki mavsumda har kuni mamlakatda işlab çiqarilayotgan elektr quvvatining 25 foizidan ortiqroğini iste'mol qiladi. «Elektr uzatiş liniyalaridagi köplab avariyalar, şaharliklarning tinimsiz şikoyatlari poytaxt energetiklari qişga tayyorgarlik körmaganidan dalolat beradi», - deya ma'lum qilgan boş vazir örinbosari yiğilişda.

U, şuningdek, şahar energetika tarmoqlaridagi katta texnik yöqotişlarga alohida töxtalgan. Boş vazir örinbosari sözlariga köra, bu asosan elektr quvvatidagi öğirliklar sabab yuz beradi. Azim Ibrohim Duşanbe elektr tarmoqlari rahbariyatidan yaqin orada bunday yöqotişlar hajmini 13 foizga qisqartirişni talab qildi.