Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning Toşkent şahar hududiy filiali xabar berdi.
Elektr taʼminoti quyidagi mahallalarning ayrim köçalarida vaqtinça öçiriladi:
Yakkasaroy tumani - «Meros» MFY;
Mirzo Uluğbek tumani - «Katta Qorasuv» MFY;
Şayxontohur tumani - «Ibn Sino» MFY;
Uçtepa tumani - «Çamanzor» MFY;
Çilonzor tumani - «Çilonzor» MFY;
Bektemir tumani - «Abay», «Sohil», «Çaşma», «Nurli Yöl» va «Musaffo» MFY;
Olmazor tumani - «Sebzor», «Yangi Sebzor», «Ahil» va «Umid» MFY;
Yaşnobod tumani - «Çinor» MFY.
Filial maʼlumotiga köra, işlar elektr tarmoqlarida avariyaviy holatlarning oldini oliş va isteʼmolçilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib beriş maqsadida amalga oşiriladi.
Taʼmirlaş işlari belgilangan vaqtdan avval yakunlanişi mumkin. Filial vaqtinça uzilişlar tufayli yuzaga keladigan noqulayliklar uçun isteʼmolçilardan uzr söragan.

















