Qozoğistonga aloqador deb taxmin qilinayotgan hakerlar guruhi sunʼiy intellekt (SI) yordamida Tojikiston milliy xavfsizligiga oid 2 mingdan ortiq hujjatlarni öğirlagan. Bu haqda Reuters Singapurning CloudSEK kiberxavfsizlik kompaniyasi tekşiruviga tayanib xabar berdi.

Maʼlum bölişiça, hakerlar Hermes platformasidan harakatlarni mustaqil rejalaştira oladigan, kerakli dasturlarni işga tuşira oladigan, maʼlumot töplaydigan va hisobotlar tayyorlay oladigan avtonom sunʼiy intellekt agentlarini yaratiş uçun foydalangan.

CloudSEK maʼlumotlariga köra, Hermes’dan razvedka operatsiyalari uçun foydalaniş taxminan 2026-yil avgust oyining örtalarida boşlangan. Bir neça hafta ötgaç, hakerlar Tojikistonning elektron hujjat aylanişi davlat tizimiga kirib borgan. Sunʼiy intellekt agenti hujjatlarni yuklab oliş, ularni tizimlaştiriş va kiçik qismlarga ajratiş uçun maxsus dastur yaratdi, bu esa öğirlangan maʼlumotlarni uzatişni osonlaştirdi. Natijada jinoyatçilar 2000 dan ortiq, jumladan, mudofaa va milliy xavfsizlik masalalariga oid hujjatlarni qölga kiritgan.

Şuningdek, tergov davomida Tojikiston temir yöllarining kompyuter infratuzilmasiga kiriş alomatlari aniqlandi. Bundan taşqari, serverda Turkmaniston taşkilotlariga qarşi fişing hujumlari uçun tayyorlangan materiallar aniqlandi. Şu bilan birga, tadqiqotçilar ularning muvaffaqiyatli ötkazilganligini isbotlovçi dalillarni taqdim etişmadi.

Mutaxassislar jinoyatçilarni ilgari postsovet davlatlarining davlat muassasalariga qarşi kiberjosuslik operatsiyalarida kuzatilgan Silent Lynx guruhiga mansub deb hisoblaydi. Uning Qozoğiston bilan aloqasi haqidagi taxmin bilvosita belgilarga asoslangan: hakerlar rus tilidan foydalangan, ularning faolligi Qozoğistondagi iş soatlariga töğri kelgan va serverga ulaniş uçun uşbu mamlakatdan internet aloqasi ham işlatilgan. Biroq, tadqiqotçilar guruhni kim boşqarganini aniqlamadi va Qozoğiston davlat tuzilmalarining hujumlarga aloqadorligini isbotlamadi.

Reuters Qozoğiston va Tojikiston rasmiylariga izoh sörab murojaat qilgan, biroq naşr vaqtida javob olmagan. Jurnalistlar Silent Lynx vakillari bilan boğlana olmagan.