Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dayjyest: Yana bir bor tanqidga uchragan soha, GM’ga yordam beradigan O‘zbekiston, Ashxobodda kuzatilgan noodatiy manzara
Yakunlanib borayotgan 8 fevral O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi sog‘liqni saqlash tizimini tanqid qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 7 fevral kuni sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolar va sohaning rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan dori narxlarini nazorat qilish uchun Bosh prokuratura huzurida “Ishonch telefonlari” ishga tushirilishini aytdi. Shu bilan birga nima uchun odamlar kasalxonalarda hamma narsaga pul to‘lashi haqida so‘z yuritdi. Bundan tashqari, prezident joylarda qishloq vrachlik punktlari bunyod etilishi, zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta'minlanishi haqida ta'kidlab o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev ushbu yig‘ilishda tug‘uruqxonalardagi poraxo‘rlikka chek qo‘yish lozimligini aytdi.
O‘zbekistonning boshqa jabhalarida

O‘zbekiston hukumati Navro‘z bayramini nishonlash tartibiga o‘zgarishlar kiritishi mumkinligi aytildi
O‘zbekistonda giyohvand vositalar bilan kurash oyligi boshlandi
O‘zbek avtomobillari Rossiyada yig‘ilishi mumkin
Toshkent shahrining Jomiy ko‘chasida joylashgan qurilish mollari bozorida yong‘in kelib chiqdi.
Jahon maydonida

AQSh prezidenti Donald Tramp va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an birinchi marta telefon orqali suhbatlashishdi.
Rossiya Havo-kosmik kuchlarining Moskvadagi havo hujumidan himoya bo‘linmasi favqulodda tekshirish doirasida yuqori harbiy shaylik holatiga keltirildi.
Xitoy Vashingtonga ikkinchi jahon urushi tarixini esga olishni maslahat berdi
Tojikiston xorijiy investorlarni mamlakatda GESlar qurishga taklif etmoqda
Putin rossiyaliklarni ajoyib kelajak kutayotganini aytdi
Ashxobodda uylardan konditsionerlar majburan olib tashlanmoqda
Rossiyada 10 yoshli qizcha besh nafar uka va singlisini yong‘indan qutqarib qoldi
Texnologiya yangiliklari

Ravon brendi Rossiya avtomobil bozorida top-25 talikka kirdi
G‘ildiraklarga kiritilgan sarmoya: eng yaxshi klassik avtomobillarning top-10ligi
Yangi Ford Expedition’ning ilk suratlari paydo bo‘ldi
Mavzuga oid
22:00 / 30.08.2017
Dayjyest: Televideniyega yangi rahbar, Amerika tabiiy ofatlar ichida, prezidentning yangi qarorlari va kunning boshqa xabarlari
21:40 / 29.08.2017
Dayjyest: Yaponiyaga raketa uchirgan KXDR, Trampning tabrigi, yangi o‘quv yili arafasi va kunning boshqa xabarlari
21:52 / 18.08.2017
Dayjyest: Prezident Bekobodda, xalq ta'limi vaziri bilan ochiq muloqot, Barselona terakti tafsilotlari va kunning boshqa xabarlari
22:15 / 17.08.2017