Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi yirik qurilish mollari bozorida yong‘in yuz berdi
8 fevral kuni Toshkent shahrining Jomiy ko‘chasida joylashgan qurilish mollari bozorida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, bozordagi do‘konlardan birida chiqqan yong‘in boshqa savdo do‘konlariga ham tarqagan. Taxminan 5 yoki 6ta do‘kon yonib ketgani aytilmoqda.

Hodisa yuz bergan joyga o‘t o‘chirish xizmati yetib kelgan. Yong‘in butunlay bartaraf etilgani aytilgan.
Hozircha yong‘in kelib chiqishiga aynan nima sabab bo‘lgani va hodisa oqibatida jarohatlanganlar haqida aniq ma'lumotlar yo‘q. Taxminlarga ko‘ra, yong‘in do‘konlardan biridagi elektr tarmog‘i orqali chiqqan bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 7 fevral kuni Toshkent shahridagi «Manas» restoranida ham yong‘in kelib chiqqan edi.
Mavzuga oid
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:10 / 07.06.2026