AQŞ prezidenti Donald Tramp va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan birinçi marta telefon orqali suhbatlaşişdi. Bu haqda Daily Sabah naşri xabar qilmoqda.
Davlat rahbarlarining muloqoti 45 daqiqa davom etgan va ijobiy kayfiyatda bölib ötgan, deya qayd etgan gazeta manbalari.
Naşrning qayd etişiça, rasmiy Anqara ma'muriyati Vaşington bilan munosabatlarini «yangidan» boşlaşni rejalaştirmoqda va AQŞning yangi ma'muriyati prezident Barak Obama davrida yöl qöyilgan «xatolarni takrorlamasligi»ga umid qilmoqda.
Bundan taşqari, Turkiya hukumati Tramp ma'muriyatining turkiyalik muxolifatçi Fathulloh Gulenni ekstraditsiya qiliş böyiça ijobiy qaror qabul qilişini kutib qolmoqda.

















