Rossiya Havo-kosmik kuçlarining Moskvadagi havo hujumidan himoya bölinmasi favqulodda tekşiriş doirasida yuqori harbiy şaylik holatiga keltirildi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligiga asoslangan holda RIA Novosti agentligi xabar qilmoqda.
Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga köra, tahdid işorasi bilan «S-300», «S-400» va «Pantsir-S» divizionlari şay holatga keltirilgan. Ular zaxira örinlariga hamda jangovar texnikalarni temir yöl platformalariga yuklaş joylariga borişgan.
Harbiy bölinmalar belgilangan hududlarga kelgaç, texnikalarni tiklaşadi va harbiy navbatçilikda turişadi.
Bu amaliy maşğulotlar Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Havo-kosmik kuçlari harbiy tayyorgarligi böyiça favqulodda tekşiruvni e'lon qilişi doirasida ötkazilmoqda.












