Eski avtomobillar xaridorlarni nafaqat öz uslubi va tarixi bilan jalb etadi, balki sarmoya kiritişning eng işonçli usullaridan biri ekani bilan ham e'tiborga loyiqdir. AQŞning Arizona ştati Skottsdeyli şahrida bölib ötgan kolleksiya avtomobillari kim oşdi savdosi dunyoning 30 mamlakatidan kelgan boy mehmonlarni bir joyga töpladi. 35ta avtomobilning har biri kamida 1 mln dollardan sotildi. 

Bu borada eng qimmat avtomobil sifatida 1963 yilda işlab çiqilgan Jaguar topildi. Bonhams kim oşdi savdo uyi tomonidan qöyilgan maşinani 7,37 mln dollar evaziga xarid qilişdi.

Kolleksiya avtomobillarini suğurtalovçi Hagerty kompaniyasiga köra, umuman bir oy mobaynida 3486 dona avtomobil 259,8 mln dollarga sotilgan. Quyida esa, ularning eng qimmatlari bilan tanişiş imkoniga egasiz: 

1939 yilda işlab çiqilgan Mercedes-Benz 540K Special Roadster RM Sotheby's auksionida 6,6 mln dollarga yangi egasini topdi.

 

1952 yilgi Ferrari 340 America Competizione Spider, Bonhams kim oşdi savdosida 6,38 mln dollarga sotildi.

 

4,81 mln dollar evaziga Bonhams savdo uyida sotilgan Mercedes-Benz Typ S Sports Tourer 1928 yilda işlab çiqilgan. 

 

Ferrari 365 GTS Spider 1969 yilda işlab çiqilgan bölib, RM Sotheby's auksionida 3,6 mln dollarga sotildi.