Vaşington Janubi-Xitoy dengizidagi bahsli orollar haqidagi bayonotlaridan söng Ikkinçi jahon uruşi tarixini yodga olişi kerak. Xitoy taşqi işlar vazirligi rahbari Van I şunday bayonot bilan çiqdi, deyiladi idora saytida.
«1943 yilgi Qohira deklaratsiyasi va 1945 yilgi Potsdam deklaratsiyasida Yaponiya Ikkinçi jahon uruşi natijalariga köra Xitoyga avval egallab olingan yerlarni, jumladan, Spratli (Nanşa) arxipelagi orollarini qaytarib berişga majburligi belgilab qöyilgan», - deya ta'kidlab ötdi Xitoy TIV rahbari.
Van Ining eslatişiça, 1946 yilda Pekin Amerika tomoni kömagida qonuniy asosda Nanşa arxipelagi orollari mustaqilligini qaytarib bergan. Biroq keyinçalik bir qança davlatlar noqonuniy yöl bilan bu orollarning ma'lum bir qismini egallab oldi, bu esa Janubi-Xitoy dengizida vaziyatning keskinlaşuviga olib keldi.
Vazirning ta'kidlaşiça, bahsli orollar masalasi bunga jalb etilgan tomonlarning maslahatlaşuvlari va muloqoti yordamida hal etilişi lozim.
Avvalroq AQŞ davlat kotibi Reks Tillerson Amerika Yaponiyani himoya qiliş böyiça öziga olgan majburiyatni bajarişga tayyorligini tasdiqladi. Uning ta'kidlaşiça, uşbu arxipelag “Yaponiya yurisdiksiyasida bölib, u Vaşington hamda Tokio örtasidagi özaro hamkorlik va xavfsizlik kafolatlari Kelişuvining beşinçi moddasi ta'sir doirasiga tuşadi”.
Ma'lumot uçun, Yaponiya va Xitoy örtasidagi hududiy bahs neft konlari topilgan Senkaku orollariga aloqador. Bu yerni Yaponiya nazorat qiladi, biroq Xitoy 60-yillar oxiridan boşlab unga da'vo qiladi.

















