Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 7 fevral kuni soğliqni saqlaş tizimidagi muammolar va sohaning rivojlaniş istiqbollariga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi. 

Davlatimiz rahbari soğliqni saqlaş tizimidagi muammolarni çuqur tahlil qilib, ularni bartaraf etiş yuzasidan amalga oşirilayotgan işlar samaradorligi, rahbarlar mas'uliyati va şaxsiy javobgarligi xususida atrofliça töxtaldi. 

“Barça tuğuruqxonalar boş şifokorlarini çaqirib gaplaşasizlar. Eng katta poraxörlik tuğuruqxonalarda. Buni yiğiştiriş kerak. Men ogohlantirmoqdaman: bir oydan keyin juda katta tizim işlaydi, aynan tuğuruqxonalar va barça tibbiy muassasalar böyiça. Men bugun sizlarni ogohlantirmoqdaman. Heç kim heç kimni himoya qilmaydi Adham Ilhomoviç. Biz şunday texnologiyani amalga tatbiq etmoqdamizki, hammasini eşitamiz, hammasini köramiz. Tuğuruqxonalarda esa hammasi eskiça davom etmoqda. Kerak bölsa tuğuruqxonalar sonini oşiriş lozim. Bu poraxörlikni tugatiş şart. Tuğuruqxonalarda bu muhitni yöq qilmasak, ular poraxörlikni hayot normasi deb qabul qila boşlaşdi. Albatta, tuğdirganga pul beriş kerak... Qayerda bu yozilgan? Heç qayerda yozilmagan. Hamma norozi”, dedi Şavkat Mirziyoyev.

Tuğuruqxona xizmatlariga norasmiy "stavkalar"ning qöyilişi qay darajada töğri?