Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 9 fevral kuni içki işlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamçiliklar, istiqboldagi vazifalarga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi. 

Yiğilişda militsiya tayanç punktlari infratuzilmasini takomillaştiriş, profilaktika inspektorlarining turmuş şaroitini yaxşilaş, içki işlar organlari tizimini kompleks isloh qiliş, uning tarkibiy tuzilmalarini optimallaştiriş masalalari körib çiqildi. Içki işlar vazirligining taşkiliy tuzilmalari tanqidiy nuqtai-nazardan tahlil qilindi. 

Mamlakatimizda tadbirkorlar huquqini himoya qilişga alohida e'tibor berilmoqda. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev içki işlar organlarining tadbirkorlar faoliyatiga qonunga xilof ravişda aralaşişi yoki tösqinlik qilişi kabi holatlarga batamom çek qöyiş zarurligini alohida ta'kidladi.