Ukrainaning "Xalq fronti" partiyasi yetakçisi va mamlakatning sobiq boş vaziri Arseniy Yatsenyuk Kiyev Vaşingtonga AQŞ-Meksika çegarasida devor qurişda yordam berişi mumkinligini aytdi.
Gap "Devor" yoki "Yevropaça devor" loyihasi haqida ketmoqda. Bu loyiha Ukraina hukumati tomonidan 2014 yilda Ukraina va Rossiya çegarasida xavfsizlik darajasini oşiriş uçun işlab çiqilgan.
"Agar kerak bölsa, biz bu loyihani AQŞga bera olamiz – bu ança arzon va samarali böladi. Men, darvoqe, hisoblab çiqdim: ularning hisob-kitobiga köra, 1 km şunday çegara 10 mln dollarga aylanadi. Bu Ukrainaning loyihasiga qaraganda 30-40 marta qimmatroq", deb aytgan Yatsenyuk V Yoşlar xavfsizligi böyiça Kiyev forumida. Bu haqda "Ukrinform" axborot agentligi xabar bermoqda.
Bir yil avval Yatsenyuk "Devor" loyihasining beşdan bir qismi bajarilganini ma'lum qilgan.







