Şaharning şimoli-şarqiy qismida joylaşgan uşbu ulkan boğ daraxtlar, gullar va noyob ösimliklar jamlangan maskan böliş bilan birga, ilmiy tadqiqotlar va ekologik taʼlim markazi ham hisoblanadi.

Kun.uz’ning AQŞdagi muxbiri kuz faslida yanada çiroyli tus olgan bu boğdan reportaj tayyorladi.

Boğga 1927-yil 4-mart kuni AQŞ prezidenti Kalvin Kulij imzolagan qonun asosida asos solingan. Bugungi kunda u AQŞ Qişloq xöjaligi vazirligi (USDA) tarkibidagi ilmiy-tadqiqot muassasasi sifatida faoliyat yuritadi. Uning asosiy maqsadi ösimliklarni örganiş, noyob turlarni saqlaş, yangi navlarni yaratiş va ularning atrof-muhit uçun ahamiyatini keng tarğib qilişdan iborat.

451 akr maydonni egallagan boğ qariyb 183 gektar hududga yoyilgan. Bu yerda keng maysazorlar, daraxtzorlar, tabiiy örmon manzaralari, köllar va sayr yölaklarini uçratiş mumkin. Hududdagi avtomobil yöllarining umumiy uzunligi qariyb 9 milni taşkil etadi. Şu bois boğni piyoda aylanib çiqiş bilan birga, avtomobilda ham sayohat qiliş mumkin.

Boğning eng diqqatga sazovor jihatlaridan biri - turli mamlakatlar va mintaqalarga xos ösimliklar töplamidir. Osiyo boğlari majmuasida Xitoy, Yaponiya va Koreya tabiatiga xos daraxtlar va ösimliklar parvarişlanadi. Fern Valley hududida esa Şimoliy Amerikaning şarqiy qismida tabiiy ravişda ösadigan ösimliklar namoyiş etiladi. Bundan taşqari, azaliya, magnoliya, şamşod, gulli daraxtlar va ignabargli ösimliklarning alohida kolleksiyalari mavjud.

Boğning eng maşhur maskanlaridan yana biri - Milliy Bonsai va Penjing muzeyi. 1976-yilda taşkil etilgan uşbu muzey bonsai sanʼatiga bağişlangan dunyodagi ilk muzey sifatida tanilgan. Unda yapon, xitoy, Şimoliy Amerika va boşqa mamlakatlarga oid mitti daraxtlar namoyiş etiladi. Ayrim eksponatlar bir neça asrlik tarixga ega.

Boğ hududidagi yana bir öziga xos tarixiy obida - National Capitol columns, yaʼni Kapitoliy ustunlaridir. Bu ustunlar dastlab 1828-yilda AQŞ Kapitoliy binosining şarqiy ayvonida örnatilgan. Keyinçalik bino gumbazi qurilişi va meʼmoriy yeçimlar özgarişi sababli ular öz örnidan olib taşlangan. 1980-yillarda esa ustunlar boğ hududiga köçirilib, keng maysazor örtasida qayta qad rostlagan. Bugun ular uşbu maskanning eng taniqli ramzlaridan biri hisoblanadi.