Insoniyat allaqaçon yagona axborot xududida yaşamoqda. Internet, sputnikli telekanallar, global OAV, davlatlarning xalqaro institutlar va majburiyatlar doirasidagi özaro boğliqligining oşib borişi, bularning barçasi oddiy qilib globallaşuv deyiladi.

Endi dunyoning biror nuqtasida muhim voqea yuz bersa, u insoniyatning qolgan qismiga ham maʼlum darajada taʼsir qiladi. Bu taʼsir yoki boğliqlik bundan keyin faqat oşib boradi. Ikkinçidan, AQŞ – şunçaki oddiy milliy davlat emas. Uning fikrlaşi, xatti-harakatlari boşqalar uçun örnak, namuna yoki maqbul yöl sifatida köriladi. Ğarb davlatlari u yoqda tursin, avtoritar davlatlar ham AQŞning fikrlaşi va xatti-harakatlaridan özi uçun oqlov yoki qöllov olişi köp kuzatilgan.

AQŞda oraliq saylovlar ötib böldi. Amerika xalqi ön yilça oldin aşaddiy öng, ksenofob, islomofob, vulgar siyosatçi hisoblanmiş Donald Trampga ovoz berib, oliy hokimiyatni uning qöllariga topşirganda muhim tarixiy savol örtaga taşlangan edi: «populist Trampdan keyin AQŞ demokratiyasi qançalik soğlom qoladi, AQŞ davlat institutlari qançalik yaşab qoladi? Amerika demokratiyadan çiqib, avtoritarizm sari batamom yöl olmaydimi va h.k.».

Darhaqiqat, bu savollar uçun tarixda asosli taşvişlar köp. Jamiyatlar, xalqlar millatçilikka, natsionalizmga, ksenofobiyaga berilib ovoz berganida yoki siyosiy iroda körsatganida bu natsionalizm, baʼzan faşizmga, natsizmgaça ösib borgan va juda katta tarixiy fojialar yuz bergan. Şuning uçun ham Tramp fenomeni AQŞ demokratiyasi uçun, davlat institutlari uçun nima meros qoldiradi, degan savol bor edi.

Demokratiyalarning asosiy nuqsonlaridan biri – xalq bugungi kayfiyati bilan, qörquvlari bilan, ehtiroslari bilan ovoz beradi. Agar qaysidir sabablarga köra, siyosatçilar yoki kuçlar, xalqni qörqitib, özlari uçun kerakli ovozni olişga intilişsa, bu iş bergan holatlar kam emas. Çunki hammada bittadan ovoz bölsa-da, hammada ham çuqur siyosiy bilimlar, malakalar bölmaydi. Mohir siyosatçilar esa xalqni manipulyatsiya qilişga usta bölişadi. Va Tramp aynan şunday fenomen böldi.

Tramp boşçiligidagi öng, yaʼni millatçi, ksenofob maʼmuriyat – katta kapital, oligarxat, hamkorlikni inkor qiliş, aşaddiy raqobat va aldaş, bosim qiliş va tahqirlaş, qörqitiş va böysundiriş, kutilmaganda öğirlaş va öldiriş, muzokaralarni esa aldaş usuli sifatida talqin qiliş, demokratiyani mohiyatan buziş, lavozimlarni esa şaxsiy boyiş vositasiga aylantiriş kabi fikrlaş va işlaş modelini namoyon qildi.

Biroq mana, Trampning ikkinçi muddati endi yarmiga yetganida, amerika xalqi unga bergan mandatini qirqib boşladi. Oraliq saylovlarga köra, Trampning respublikaçi partiyasi qaqşatqiç zarbalar yedi. Nafaqat vakillar palatasi, balki Senat ham muxolifatdagi demokratlar qöliga ötdi. Saylangan gubernatorlarning mutlaq aksariyati demokratlar partiyasi vakillari hisoblanadi. Bugungi kabi qaqşatqiç zarbani respublikaçilar bundan 50-60 yil oldin, prezident Nikson davrida olişgan edi.