AQŞning CNN telekanali xabar qilişiça, Amerika maxsus xizmatlari prezident Donald Trampni obrösizlantirişga qaratilgan hujjatlar töplamining bir qismini tasdiqlagan. Telekanal huquq-tartibot va razvedkadagi köplab anonim manbalariga asoslangan holda şu haqda bayonot bermoqda. Oq uy ma'muriyati, yana bir bor bu kabi ta'kidlarni inkor etgan. 

AQŞning yangi prezidenti Donald Tramp inauguratsiyasidan avvalroq, BuzzFeed portali Rossiya Trampga nisbatan foş qiluvçi ma'lumotlarni töplaganiga doir hisobotni e'lon qilgan edi. 

Keyinçalik, The Wall Street Journal naşri, mazkur hujjat Londondagi xususiy xavfsizlik firmasi tomonidan tuzilganini yozgandi. Kreml ma'muriyati bu kabi ma'lumotlarni heç kimga nisbatan töplamasligini aytgan bölsa, Trampning özi yangiliklarni keskin körinişda rad etib, gap "soxta xabarlar" haqida borayotganini ta'kidlagandi. U, şuningdek, bu maşmaşalarni siyosiy raqiblarining işi deb aytgan va uning obrösiga putur yetkaziş böyiça urinişlarni "natsistlar Germaniyasidagi tartiblar"ga qiyoslagan edi. 

AQŞ rahbari matbuot kotibi Şon Spayser Trampga nisbatan ayblovlarni rad etdi. "CNN telekanalining soxta xabarlari hamon bizning nafratimizni uyğotmoqda", — degan Spayser.

Şu bilan birga, FQB, AQŞ adliya vazirligi, MRB va Milliy razvedka direktori idorasi bu xabarlarni izohlamagan.