Eron havo hududining Rossiya jangovar samolyotlari tomonidan işlatilişi davom etmoqda. Bu haqda Eron milliy xavfsizlik oliy kengaşi kotibi Ali Şamhoniy Fars news agency’ga ma'lum qildi.
"Eron va Rossiyaning Suriyada terrorçilik bilan kuraşdagi özaro harakati köp tomonlama bölib, strategik xarakterga ega. Agarda vaziyat talab etsa, istalgan vaqtda Rossiya samolyotlari tomonidan Suriyadagi yer usti amaliyotlariga kömak beriş maqsadida Eron havo hududini kesib ötiş haqida qaror qabul qilinişi mumkin. Bu vaziyatga boğliq", - deya ta'kidlab ötdi Şamhoniy. Uning qöşimça qilişiça, sönggi vaqtlarda Rossiya samolyotlarida Eronda yoqilği quydirişga ehtiyoj bölmagan.
Ötgan yilning avgustida Rossiya harbiylari Eron harbiy-havo kuçlarining Hamadondagi Şohid Noj bazasidan Suriyadagi jangarilarga zarbalar beriş maqsadida foydalangandi. Eron mudofaa vaziri Husayn Dehqon esa noyabr oyida Tehron Rossiyaning bu harbiy bazasini işlatiş borasidagi iltimosini körib çiqişga tayyorligini ma'lum qildi. Biroq bu borada muzokaralar hozirgaça olib borilmadi.












