Sönggi kunlarda ğarbiy Yevropaning turli bosma va elektron naşrlarida yurtimiz sayyohlik imkoniyatlari, tarixiy şaharlari haqida bir qator maqolalar çop etila boşladi. 

Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining xabar berişiça, 5-fevral kuni Buyuk Britaniyaning yetakçi naşrlaridan biri "The Telegraph" özining saytida «Har bir inson hayoti davomida körişi kerak bölgan 35 şahar» nomli maqola çop etdi. 

Maqolada Buyuk ipak yöli böylab joylaşgan qadimgi şaharlar bilan birga Afrika, Yevropa, Janubiy va Şimoliy Amerikaning eng gözal şaharlar orasidan 35tasi saralab olingan. 

Maqolada har bir şahar haqida maşhur yozuvçi va sayyohlar tomonidan berilgan ta'rifu tavsif ilova qilingan. 

Röyxatga yurtimizning Xiva şahri kiritilgan bölib, "The Telegraph" gazetasi muxbiri, sayyoh Kris Moss tavsiyasiga asoslanadi. 

The Telegraph gazetasining maqolasidan örin olgan 35 şahar qatorida Parij, Isfaxon, Sankt-Peterburg, Rio-de-Janeyro, Venetsiya, Edinburg, Havana ham joy olgan. 

Ma'lumot uçun, The Telegraph gazetasi 1855 yilda Londonda taşkil etilgan. 2016 yilning dekabr oyi holatiga köra, gazeta 460 054 nusxada çop etilgan, barça platformalar orqali esa uning materiallarini 4 million öquvçi kuzatib boradi.