Bu çoralar prezidentning 2026-yil 27-oktabrdagi «Suv omborlari va ularga tutaş hududlardan foydalanişni tartibga soliş hamda xavfsizlikni taʼminlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ–387-son qarorida nazarda tutilgan.

Qarorga köra, suvda foydalanişga möljallangan GPS qurilmalari, qutqaruv va xavfsizlik anjomlari hamda zamonaviy sanitariya-gigiena şoxobçalarini Özbekistonga olib kirişda bojxona tölovlarini 120 kunga keçiktirib yoki bölib-bölib tölaşga ruxsat etiladi.

Qutqaruv xizmati taşkil etilişi şart

Imtiyozlar bilan birga, suv omborlari va ularga tutaş hududlardagi turizm obyektlarida işlovçi tadbirkorlar uçun xavfsizlik va ekologik talablar ham belgilangan.

Xususan, obyektlar taşrif buyuruvçilar xavfsizligini taʼminlaş, soğliğini muhofaza qiliş va favqulodda vaziyatlarning oldini oliş uçun zarur vositalar bilan jihozlanişi kerak.

Tadbirkorlar qutqaruv xizmatini taşkil etişi yoki professional qutqaruv tuzilmalari bilan şartnoma tuzib, navbatçilik xizmatini yölga qöyişi şart. Kiçik hajmli kemalar va ular turadigan inşootlardan xavfsiz foydalaniş talablariga ham rioya qilinişi zarur.

Oqova suv va çiqindilar böyiça talablar

Turizm obyektlari suvni muhofaza qiliş zonalari va sohilböyi mintaqalari uçun belgilangan talablarga amal qilişi kerak.

Oqova suvlarning suv obyektlariga taşlanişiga yöl qöymaslik uçun içki kanalizatsiya tarmoqlari hamda mahalliy oqova suv tozalaş inşootlari bölişi majburiy etib belgilangan.

Şuningdek, turizm obyektlarida hosil böladigan maişiy çiqindilar belgilangan tartibda utilizatsiya qilinişi şart.