Anqara şahrida Turkiy davlatlar taşkiloti davlat rahbarlari kengaşining yiğilişi boşlandi. Unda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev çiqiş qilib, taşkilotga aʼzo davlatlarning turizm salohiyatiga eʼtibor qaratdi.
Davlat rahbari öz çiqişida turkiy davlatlar örtasida xorijga çiqiş pasportisiz, faqat ID-karta bilan safar qiliş imkoniyatini kengaytirişni taklif qildi.
«Turizm sohasidagi ulkan imkoniyatlarni ham töliq işga solişimiz lozim. Birgina 2022-yilda davlatlarimizga 40 milliondan ziyod xorijiy sayyohlar taşrif buyurdi. Turkiy xalqlarning tarixiy şaharlari, betakror tabiati, boy madaniyati va mehmondöstlik anʼanalarini dunyoga birgalikda taqdim etiş maqsadida Turkiy turizm alyansini taşkil qiliş vaqti keldi.
Aholimiz uzoğini yaqin, oğirini yengil qiliş uçun fuqarolarning özaro safarlari töğrisidagi köp tomonlama bitim işlab çiqişni taklif etamiz. Unda ID-kartalar asosida safar qiliş imkoniyatlarini kengaytiriş, çegaradan ötiş va mezbon davlat hududida böliş tartibini soddalaştiriş masalalarini aks ettirişimiz lozim», – dedi Şavkat Mirziyoyev.

















