Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga taşrifining ikkinçi kunini Termiz şahrida taşkil etiladigan zamonaviy perinatal, urologiya va oftolmologiya markazlari loyihasi bilan tanişişdan boşladi, deb xabar bermoqda ÖzA agentligi.
Davlat rahbarining saylovoldi dasturida mamlakatimizning olis va çekka hududlarida ham aholiga tibbiy xizmat körsatiş sifati va samaradorligini tubdan yaxşilaş, sohaga zamonaviy uskunalarni keng jalb etiş, aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va bolalar salomatligini mustahkamlaş, taşxis qöyiş va davolaş masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Dasturda belgilangan uşbu vazifalarni hayotga izçil joriy etiş yuzasidan Surxondaryo viloyatida ham keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Viloyat perinatal markazi investitsiya dasturi asosida 2011-2012 yillarda 1 milliard 520 million söm mablağ evaziga qayta rekonstruksiya qilingan. Tibbiyot muassasasini maqbullaştiriş va ayollar konsultatsiyasi poliklinikasi taşkil etiş hududda onalar va bolalar ölimining, çaqaloqlar nogiron va nuqson bilan tuğilişining oldini olişga xizmat qiladi.
Surxondaryo viloyati köp tarmoqli tibbiyot markazi negizida taşkil etilayotgan Respublika ixtisoslaştirilgan urologiya markazi Termiz filiali urologik kasalliklarni aniqlaş va davolaş sifati va samaradorligini oşiradi. 415 örinli yangi markazda yiliga beş yuzdan ortiq kam invaziv amaliyotlar bajariladi. Jumladan, zarba-tölqinli litotripsiya, teri orqali endourologik muolajalarni qöllaş va bemorlarni yuqori texnologik uskunalar bilan davolaş 40 foizga yetkaziladi.
Respublika ixtisoslaştirilgan köz mikroxirirurgiyasi markazi Termiz filiali katarakta, glaukoma, tomir tizimi kasalliklari, diabetik retinopatiya kabi xastaliklarga erta taşxis qöyiş va yiliga uç ming bemorni samarali davolaş imkonini yaratadi.
Prezident mazkur loyihalar bilan tanişar ekan, sohani yanada takomillaştiriş, aholi, ayniqsa, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlaş, har tomonlama soğlom avlodni voyaga yetkaziş maqsadida yaratilayotgan bu şaroitlardan unumli foydalaniş uçun har bir işni sifatli, puxta amalga oşiriş zarurligini ta'kidladi.
Uşbu markazlar bilan birga, uzoq va aholi köp yaşaydigan tumanlarda ularning bölimlarini taşkil etiş, odamlarni ovora qilmaslik uçun joylarda köriklar ötkaziş, tibbiy va ovqatlaniş madaniyatini yuksaltiriş zarurligi qayd etildi. Kadrlar tayyorlaş, ularning malakasini oşiriş va tajribali şifokorlarni jalb etiş, ajratilgan mablağlar va tibbiy uskunalardan samarali foydalaniş masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Tibbiyotning boşqa yönalişlari böyiça ham şunday markazlar, kardiologiya va bolalar kasalliklariga ixtisoslaşgan klinikalar taşkil etiş yuzasidan körsatmalar berildi.











