Joriy yilning 19 yanvar kuni huquq-tartibot organlariga Samarqand şahar Dahbet köçasidagi xususiy hovlilardan birida şubhali şaxslar töplangani haqida telefon qönğiroği böldi. Tezkor guruh vaziyatni örganiş uçun aytilgan manzilga yetib bordi, deb xabar berdi “Zarafşon” naşri.
Aniqlanişiça, fuqaro Roziya Qosimova özi istiqomat qiladigan uyda adliya idoralarida röyxatga olinmagan "Iyegova şohidlari" diniy taşkilotiga a'zo bölgan adeptlarning noqonuniy yiğilişini uyuştirgan ekan. Yiğinda Samarqand şahri va unga yaqin hududlarda yaşovçi 9 kişi qatnaşgani ma'lum böldi.
Yiğiliş ötkazilayotgan uy közdan keçirilganda diniy mazmundagi "Injil", "Muqaddas kitob", "Rassujdeniye s pomoşçyu pisaniy", "Organizovannyy çtoby ispolnyat volyu Iyegovi", "Poznaniye veduşçeye k veçnoy jizni", "Rukovodstvo dlya şkoly teokratiçeskogo slujyeniya", "Farzandlaringizga ta'lim bering", "Muqaddas kitob ta'limotlari" kitoblari, "Duxi myortvyx" jurnali, Islom diniga aloqasi bölmagan diniy mazmundagi varaqalar, 2 dona planşet borligi aniqlanib, bu aşyoviy dalillar tegişli tartibda rasmiylaştirildi.
Uşbu hududda yaşovçilar R.Qosimova uzoq vaqtdan buyon Samarqand şahrining musulmon aholisi orasida mazkur taşkilotni tarğib etgani, "Iyegova şohidlari" taşkiloti ğoyalarini tarğib qiluvçi adabiyotlarni tarqatganini ma'lum qildi.
Roziya Qosimova 2007 yilda ham şu kabi faoliyati uçun ma'muriy jazoga tortilgan. Ayni vaqtda noqonuniy diniy yiğiliş taşkilotçisi va uning faol a'zolariga nisbatan Ma'muriy-javobgarlik kodeksning tegişli moddalari bilan materiallar tayyorlanmoqda, deyiladi xabarda.












