Prezident Şavkat Mirziyoyev Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi va muhtaşam San'at saroyi majmuasi qurilişi bilan tanişdi, deb xabar qilmoqda ÖzA agentligi.
Loyiha qiymati 7 milliard 600 million sömni taşkil etadigan zamonaviy axborot-kutubxona markazi 223 mingdan ortiq kitob fondiga ega böladi. Unda maxsus xonalar, mutolaa zallari barpo etilayotir. Uning foydalanişga topşirilişi viloyat yoşlari salohiyatini yuksaltiriş, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yanada oşiriş, izlanuvçan öquvçilar va talabalarning ilmiy-ommabop, badiiy, tarixiy, tarbiyaviy-ma'rifiy adabiyotlarga bölgan ehtiyojini qondirişga xizmat qiladi.
Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimovning 2015 yil 22 maydagi qaroriga muvofiq barpo etilayotgan San'at saroyi milliy me'morlik va zamonaviy arxitektura yeçimlarini özida mujassam etadi. Murakkab konstruksiyali, noyob quriliş materiallaridan foydalangan holda bunyod etilayotgan 700 örinli San'at saroyi va 1,5 ming örinli amfiteatrda pardozlaş işlari olib borilmoqda. Uşbu majmuani Navröz bayramiga qadar foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan.
Davlat rahbari majmua qurilişi bilan tanişar ekan, unda aholining madaniy dam olişi uçun barça qulayliklar yaratiş, inşootni zamonaviy jihozlaş böyiça zarur körsatmalar berdi.











