Turkiya konstitutsiyasiga özgarişlar kiritiş masalasi böyiça referendum 2017 yilning 16 aprel kuni bölib ötadi. Bu haqda Turkiya oliy saylov kengaşi rahbari xabar berdi, deb ma'lum qilmoqda Reuters.

Xabar qilinişiça, konstitutsiyaga özgartiriş kiritiş Turkiyada parlamentdan prezidentlik boşqaruv şakliga ötişni nazarda tutadi.

Bu mamlakat prezidentiga favqulodda holat haqida e'lon qiliş, vazirlar va yuqori lavozimli davlat amaldorlarini işga tayinlaş, şuningdek, parlamentni tarqatib yuboriş imkonini beradi.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan mamlakatning prezidentlik boşqaruv şakliga ötişini ma'qullagani haqida xabar berilgandi.