Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Frank-Valter Ştaynmayyerni Germaniya federal prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

«Bölib ötgan saylovlar sezilarli iqtisodiy, texnologik va intellektual salohiyatga ega jahonning yetakçi davlatlaridan biri – Germaniyaning xalqaro nufuzini mustahkamlaşga Sizning muhim va tajribali davlat arbobi sifatida qöşgan munosib hissangiz evaziga qozongan yuqori işonç va hurmatni tasdiqlaydi», — deyiladi Mirziyoyevning maktubida.

Özbekiston ikki va köp tomonlama munosabatlarning barça masalalari böyiça oçiq va konstruktiv muloqotni davom ettiriş, ikki tomonlama va özaro manfaatli hamkorlik aloqalarini, birinçi galda, savdo-iqtisodiy, investitsion, texnologik, moliyaviy-texnik sohalarda, şuningdek yaqin madaniy-gumanitar munosabatlarni kengaytirişga işonadi.

«Davlatimiz rahbari Frank-Valter Ştaynmayyerni öziga qulay vaqtda Özbekistonga rasmiy taşrif bilan kelişga taklif etdi», — deyiladi vazirlik axborotida.