Rossiyaning Qirğizistondagi elçixonasi avtomaşinasi iştirokida sodir bölgan yöl-transport hodisasida 1955 yilda tuğilgan mikroavtobus haydovçisi hayotdan köz yumdi. Bu ma'lumotni «24.kg» agentligining soğliqni saqlaş vazirligidagi manbasi tasdiqlagan. 

17 fevral kuni diplomatik raqamlarga ega va Rossiya elçixonasiga tegişli bölgan Toyota Prado avtomobili Manas aeroporti yölida harakatlanayotgan Mercedes-Benz Sprinter yuk avtomobili bilan töqnaşib ketgan. 

Toyota Prado içida elçixonaning 2 nafar xodimi bölgan. Dastlabki ma'lumotlarga köra, avtomobillardan biri svetoforning taqiqlovçi çiroğida çorrahaga katta tezlikda kirib kelgan. Haydovçilarning ikkisi ham şifoxonaga yotqizilgan. Olingan jarohatlar oqibatida Mercedes-Benz Sprinter haydovçisi hayotdan köz yumgan.

Şu munosabat bilan, Rossiya Federatsiyasining Qirğiziston Respublikasidagi elçisi Aleksey Mzareulov Qirğiziston TIVga çaqirilgan. Uçraşuv çoğida TIVning notasi topşirilib, hodisa böyiça tergov işlarini olib borişda Qirğiziston huquq-tartibot idoralariga keng kölamli yordam beriş, şu jumladan, YTHda iştirok etgan kişilardan birining şaxsiy iştirokini ta'minlaş haqida söz borgan. 

Rossiya elçixonasi vakili marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan hamda elçixona xodimlari uşbu baxtsiz hodisaga doir tergov işlarida hamkorlik qilayotganini qayd etgan.