Rossiyalik Vitaliy Popovning RBK naşriga ma'lum qilişiça, u birinçi harfi kengaytirilgan unicode-alifbosidan olingan simvoldan boşlanuvçi ɢoogle.com domeniga huquqdan mahrum etildi. Uning aytişiça, bu Google kompaniyasi talabi bilan yuz bergan. Kompaniya bu böyiça öz şikoyatini 2017 yil boşida bildirgan.

"Google Inc. yolğon tarzda meni zararli dasturiy ta'minot tarqatişda, fişingda aybdor qildi. Bunga men ham, mening domenim ham ziğirça aloqamiz yöq", deb aytmoqda Popov.  

Popovning aytişiça, uni domenga huquqlardan mahrum qiliş hukmini National Arbitration Forum Inc. yuridik taşkiloti çiqargan. Domenga huquqlar endi kimga berilişi borasida aniqlik kiritilmagan. Google’da uşbu vaziyatga izoh berilmadi.

Google 2017 yilda Popovning xatti-harakatlari yuzasidan National Arbitration Forum’ga şikoyat qilgan. Bu kompaniya tarkibiga domenlar böyiça bahslarni hal qiliş bilan şuğullanuvçi ADR taşkiloti kiradi. Kompaniya şikoyatiga köra, rossiyalik öz manzilidan spam tarqatiş va foydalanuvçilar haqida şaxsiy ma'lumotlarni yiğişda foydalangan.