Somali poytaxti Mogadişodagi bozorda sodir etilgan portlaş oqibatida halok bölganlar soni 35 kişigaça yetdi, 40 ga yaqin kişi jarohat olgan. Bu haqda DPA axborot agentligi xabar bermoqda.
Guvohning aytişiça, terakt qurbonlari orasida kamida 10 ayol, bir qança bolalar bölgan.
Avvalroq Reuters axborot agentligi portlaş oqibatida 18 kişi halok bölgani va 25 kişi jarohat olganini ma'lum qilgandi.
Şahar okrugi rahbari Vadadjir Ahmad Afraksning aytişiça, portlaşga yuk maşinasiga yaşirilgan bomba sabab bölgan.
Hozirça birorta terrorçilik taşkiloti uşbu hujum uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmagan.
Somalida "Al-Qoida" terrorçilik taşkiloti bilan yaqin aloqalarga ega bölgan "Aş-Şabob" radikal guruhi harakat qiladi. Uşbu guruh Somali hukumatiga qarşi kuraş olib boradi va BMTning gumanitar faoliyatiga qarşilik qörsatib keladi.












