AQŞ va Kanada kinoteatrlarida «1984» filmi namoyiş etiladi. U Amerika prezidenti Donald Trampga norozilik sifatida körsatiladi, deb yozmoqda The Guardian naşri. Öziga xos norozilik aksiyasiga 90ga yaqin kinozallar qöşilgan.
«1984» – Jorj Oruell qalamiga mansub şu nomli roman asosida ekranlaştirilgan kinokartinadir. Unda Jon Hart, Riçard Berton, Syuzanna Hemilton, Siril Kyusaklar iştirok etgan. Film rejissyori Maykl Redford.
Kartina 4 aprelda namoyiş etiladi. Şu kuni film qahramoni Uinston Smit özining noqonuniy kundaligida ilk yozuvni qoldiradi.
Aktsiya taşkilotçilarining qayd etişlariça, Oruell romanidagi öz dalillarini soxtalaştiradigan, töliq böysunişni talab qiladigan, xorijiy duşmanlarini yöqotadigan hukumat hozirgidek dolzarblik kasb etmagan.












